Skip to main content

Sotsiologiya Turlari Navigatsiya

lot.yun.










(function()var node=document.getElementById("mw-dismissablenotice-anonplace");if(node)node.outerHTML="u003Cdiv class="mw-dismissable-notice"u003Eu003Cdiv class="mw-dismissable-notice-close"u003E[u003Ca tabindex="0" role="button"u003Eyashirishu003C/au003E]u003C/divu003Eu003Cdiv class="mw-dismissable-notice-body"u003Eu003Cdiv id="localNotice" lang="uz" dir="ltr"u003Eu003Cdiv style="margin:10px 0; border:0; box-shadow: 0 1px 3px rgba(0, 0, 0, 0.35); border-radius: 7px; background:white; width:100%; height:80px; overflow:hidden; background: #FCFCFC; background: -moz-linear-gradient(top, #FCFCFC 0%, #F5F5F5 100%); background: -webkit-gradient(linear, left top, left bottom, color-stop(0%,#FCFCFC), color-stop(100%,#F5F5F5)); background: -webkit-linear-gradient(top, #FCFCFC 0%,#F5F5F5 100%); background: -o-linear-gradient(top, #FCFCFC 0%,#F5F5F5 100%); background: linear-gradient(top, #FCFCFC 0%,#F5F5F5 100%); position:relative"u003Enu003Cdiv style="float:left; margin-top:-20px; margin-left:-40px; opacity:0.75;"u003Enu003Cpu003Eu003Cimg alt="sol" src="//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f0/Paperback-stack.png/190px-Paperback-stack.png" decoding="async" title="sol" width="190" height="190" srcset="//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/f/f0/Paperback-stack.png 1.5x" data-file-width="250" data-file-height="250" /u003Enu003C/pu003Enu003C/divu003Enu003Cbr /u003Eu003Ccenteru003Enu003Cdiv style="margin-left:100px; margin-right:00px; margin-top:0px; margin-bottom:0px; font-family:Georgia, Palatino, Palatino Linotype, Times, Times New Roman, serif; font-size:110%; line-height:100%;"u003Enu003Cbu003EVikipediyada siz ham yoza olasiz!u003C/bu003Eu003Cbr /u003Eu003Cbu003Eu003Cspan class="plainlinks"u003Eu003Ca class="external text" href="https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Maxsus:UserLoginu0026amp;returnto=Bosh+Sahifau0026amp;type=signup"u003EAʼzo boʻlingu003C/au003Eu003C/spanu003Eu003C/bu003E u0026#8226; u003Cbu003Eu003Ca href="/wiki/Yordam:Maqola_qanday_yoziladi%3F" title="Yordam:Maqola qanday yoziladi?"u003EQanday yoziladi?u003C/au003Eu003C/bu003Eu003C/divu003Enu003C/centeru003Enu003C/divu003Eu003C/divu003Eu003C/divu003Eu003C/divu003E";());




Sotsiologiya




Vikipediya, ochiq ensiklopediya






Jump to navigation
Jump to search


Sotsiologiya (lot. socius - jamiyat, yun. λόγος - bilim, taʼlim, tushuncha) — bir butun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ijtimoiy guruhlar, shaxs va jamiyat munosabatlari toʻgʻrisidagi fan. Sotsiologiya ilmiy uslublar yordamida hosil qilingan empirik (tajribaga asoslangan) maʼlumotlarga tayanib umumlashma xulosalar chiqara oladi. Shu tufayli jamiyatning rivojlanish modellarini ilmiy asoslab beradi.


Jamiyat hayotini tushuntirishga urinishlar antik davrda (Platon, Aristotel va boshqalar) paydo boʻldi, tarix falsafasida davom etdi. Oʻrta Osiyolik mutafakkirlar (Forobiy, Ibn Sino, Beruniy) asarlarida ham jamiyat, uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar bildirilgan. Sotsiologik tasavvur va qarashlar 19-asrning 1-yarmida O. Kont, G. Spenser kabi olimlar ijodi natijasida fan darajasiga koʻtarildi va qariyb 200 yildan buyon rivojlanib kelmoqda. Turli davrlarda sotsiologiyaning mohiyati turlicha talqin etildi. Avvaliga u jamiyat haqidagi umumiy fan sifatida tushunilgan. Ayni vaqtda uning aniq ilmiy uslublarini nazarda tutgan holda ijtimoiy fizika deb ham izohlangan (L. Ketle). Dastlab Yevropada taraqqiy etgan sotsiologiya Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida keng ijtimoiy muammolarni dalil va asosli ravishda qoʻya boshladi (M. Veber, E. Dyurkheym, G. Zimmel (1858—1918), V. Pareto (1848—1923), P. Sorokin (1889—1968)). Shu maʼnoda u mohiyatan makrosotsiologiya edi. Sotsiologiyaning Amerikadagi rivoji esa, odatda, „kichik“ ijtimoiy hodisalarni oʻrganuvchi mikrosotsiologiya tarzida yangi qirralarini namoyon etdi (J. Dyui (1859—1952), Ya. Moreno (1892—1974), J. Xomans (1910), E. Meyo (1880—1949)). Keyinchalik sotsiologiyaning bu makro va mikro koʻrinishlari T. Parsons (1902—1979), R. Merton (1910)ning nazariy ishlarida va P. Lazersfeld (1901—1976)ning empirik tadqiqotlar uslubiyatida yagona tizimga keltirildi. Biroq sotsiologiyaning predmeti va ijtimoiy amaliyot uchun ahamiyati xususidagi bahslar haligacha davom etib kelyapti, yangi sotsiologiya yaratishga urinishlar toʻxtamayapti.


Sotsiologiya oʻz taraqqiyotining klassik davrida yaxlit bilimlar tizimi sifatida rivojlangan boʻlsa, keyin bu fanga turli oqimlar va yoʻnalishlar kirib kela boshladi. Mexanistik nazariya tarafdorlari G. Ch. Keri (1798—1879), V. Ostvald (1853-1932), V. Pareto (1848—1923) sotsiologiyani ijtimoiy dunyo fizikasi deb hisoblashgan. Biologik nazariya, xususan, organik yoʻnalish (G. Spenser, L. Gumplovich), shuningdek, ijtimoiy darvinizm vakillari (Ch. Darvin va boshqalar) jamiyatni biologik dunyo qonuniyatlaridan kelib chiqib izohlashgan. Psixologik qarashlarda (D. S. Mill (1806—1873), MakDugall) jamiyat hayotidagi voqea va jarayonlar tahlil nazariyasi, instinkt nazariyasi asosida psixologik jihatdan tushuntirilgan. Xususan, Z. Freyd (jinsiy mayl), Ya. Moreno (jamiyatni individual-psixologik tushuntirish) qarashlari keyinchalik kollektiv-psixologik nazariyalarga olib keldi. Shu yoʻnalishda ijtimoiy-psixologik, bixevioristik, simvolik interaksionizm, ijtimoiy harakatlar nazariyalari rivojlandi.


Hozirgi davrda funksionalizm zamonaviy gʻarb sotsiologiyasining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yoʻnalish vakillari (T. Parsons, R. Merton) jamiyatning funksional birligi, uning dinamik muvozanati muammolariga asosiy eʼtiborni qaratadi. Formal-sotsiologik yoʻnalish F. Tennis (1855—1936), G. Zimmel, L. fon Vize (1876—1969) kabi sotsiologdar ijodi taʼsirida mustahkamlandi va rivojlandi. Bu yoʻnalish vakillari ijtimoiy hodisalarning mazmunidan ham koʻra ularning shakliga koʻproq eʼtibor berilsa, bu sotsiologiya predmetiga mosroq boʻladi, deb hisoblaydi.


20-asrning 2-yarmida yangi nazariya va oqimlar, xususan, „asosiy nazariya“ (Glasser va Stress), refleksiv sotsiologiya, dialektik sotsiologiya, kundalik hayot sotsiologiyasi modellari shakllandi. Lekin shunga qaramay, yangi sotsiologiyada 2 nazariy yoʻnalish aniq koʻrinishga ega boʻldi: 1) radikal sotsiologiya (jamiyatni jiddiy oʻzgartirish kerak, sotsiologiya bunda muhim rol oʻynaydi, deb hisoblaydi); 2) gumanistik sotsiologiya (insonning ijtimoiy tizimdagi yangi mavqeini, uning meʼyor yaratuvchanlik salohiyati, ruhiy jihatini tadqiq etishni ustuvor deb biladi). Bugungi kunga kelib sotsiologiya turli nazariyalar va bir necha sohalarni qamrab olgan boʻlishiga qaramay, mohiyatan yaxlit fan sifatida jadal rivojlanmoqda.


Oʻzbekistonda ham sotsiologiya oʻz tarixiga ega. U ijtimoiy borliq muammolari xususida asrlar davomida fikr yuritib kelgan ulamoyu shoirlar, mutafakkiru hukmdorlarning izlanishlarida oʻz ifodasini topgan. Buyuk vatandoshlarimiz boshqa sohalar kabi sotsiologiyaning rivojlanishiga ham katta hissa qoʻshdilar. Mukammal jamiyat gʻoyasi, davlatni boshqarish, jamiyatda shaxsning oʻrni va roli masalalari ular yaratgan turli janrlardagi asarlarga mavzu boʻlganligiga qaramay sotsiologiya fanini mustaqillikdan soʻnggina lozim darajada rivojlantirish imkoniyati tugʻildi. Oʻzbekistonda keng koʻlamli nazariy-metodologik muammolarni qoʻyish, ijtimoiy dunyoga tahliliy nazar bilan qarash koʻnikmalari hosil qilinmoqda. Sotsiologiya faniga oid kitob va risolalar, darslik va qoʻllanmalar yaratish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Sotsiologik tafakkurni shakllantirish, uni taʼlim tizimida, boshqaruvda, ommaviy axborot vositalari va boshqa sohalarda kengroq qoʻllashga harakat qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida „Sotsiologiya va boshqaruv psixologiyasi“ kafedrasi faoliyat yuritmoqda. Bir necha yillardan buyon „Ijtimoiy fikr“ jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish tajribasi toʻplandi. Bir nechta ilmiy muassasalar (OʻzMU, Oʻzbekiston FA, viloyatlardagi universitetlar)da nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Kibernetik sotsiologiya muammolari (akademik V. Krbulov), ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish (N. Aliqoriyev), jamoatchilik fikrini oʻrganish (R. Ubaydullayeva), demofafik jarayonlarni tadqiq etish (O. Atamirzayev) yoʻnalishlarida ilmiy ishlar qilingan, milliy mentalitet (M. Bekmurodov, A. Begmatov), tafakkur tarzi (B. Farfiyev), mahalla fenomeni (K. Kalonov) oʻrganilmoqda. Oʻzbek olimlari, shuningdek, sotsiologiyaning turli yoʻnalishlari (nazariy sotsiologiya — R. T. Ubaydullayeva; mehnat sotsiologiyasi — Q. Abduraxmonov, ekologik sotsiologiya — A. Qaxxorov; din sotsiologiyasi — M. Gʻaniyeva; siyosiy sotsiologiya — A. Xolbekov) boʻyicha muayyan ishlar qildilar.



Turlari


  • Gender sotsiologiyasi

  • Sotsiologiyada matematik uslublar

  • Metasotsiologiya

  • Shahar sotsiologiyasi

  • Fazo sotsiologiyasi

  • Bilim sotsiologiyasi

  • Kommunikatsiyalar sotsiologiyasi

  • Madaniyat sotsiologiyasi

  • Tibbiyot sotsiologiyasi

  • Yoshlar sotsiologiyasi

  • Fan sotsiologiyasi

  • Ilmiy bilim sotsiologiyasi

  • Taʼlim sotsiologiyasi

  • Tashkilotlar sotsiologiyasi

  • Siyosat sotsiologiyasi

  • Huquq sotsiologiyasi

  • Psixiatriya sotsiologiyasi

  • Din sotsiologiyasi

  • Oila sotsiologiyasi

  • Mehnat sotsiologiyasi

  • Boshqaruv sotsiologiyasi

  • Hissiyotlar sotsiologiyasi

  • Iqtisodiy sotsiologiya

  • Ekosotsiologiya

  • Etnosotsiologiya

  • Ijtimoiy sotsiologiya














"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Sotsiologiya&oldid=1950669" dan olindi










Navigatsiya



























(window.RLQ=window.RLQ||[]).push(function()mw.config.set("wgPageParseReport":"limitreport":"cputime":"0.048","walltime":"0.078","ppvisitednodes":"value":22,"limit":1000000,"ppgeneratednodes":"value":0,"limit":1500000,"postexpandincludesize":"value":1192,"limit":2097152,"templateargumentsize":"value":0,"limit":2097152,"expansiondepth":"value":3,"limit":40,"expensivefunctioncount":"value":0,"limit":500,"unstrip-depth":"value":0,"limit":20,"unstrip-size":"value":0,"limit":5000000,"entityaccesscount":"value":0,"limit":400,"timingprofile":["100.00% 50.525 1 Andoza:OʻzME","100.00% 50.525 1 -total"," 95.45% 48.228 1 Andoza:Fmbox"],"scribunto":"limitreport-timeusage":"value":"0.019","limit":"10.000","limitreport-memusage":"value":812375,"limit":52428800,"cachereport":"origin":"mw1251","timestamp":"20190305202710","ttl":2592000,"transientcontent":false););"@context":"https://schema.org","@type":"Article","name":"Sotsiologiya","url":"https://uz.wikipedia.org/wiki/Sotsiologiya","sameAs":"http://www.wikidata.org/entity/Q21201","mainEntity":"http://www.wikidata.org/entity/Q21201","author":"@type":"Organization","name":"Contributors to Wikimedia projects","publisher":"@type":"Organization","name":"Wikimedia Foundation, Inc.","logo":"@type":"ImageObject","url":"https://www.wikimedia.org/static/images/wmf-hor-googpub.png","datePublished":"2012-01-18T18:49:12Z","dateModified":"2017-04-25T03:36:22Z"(window.RLQ=window.RLQ||[]).push(function()mw.config.set("wgBackendResponseTime":117,"wgHostname":"mw1330"););

Popular posts from this blog

How does Billy Russo acquire his 'Jigsaw' mask? Unicorn Meta Zoo #1: Why another podcast? Announcing the arrival of Valued Associate #679: Cesar Manara Favourite questions and answers from the 1st quarter of 2019Why does Bane wear the mask?Why does Kylo Ren wear a mask?Why did Captain America remove his mask while fighting Batroc the Leaper?How did the OA acquire her wisdom?Is Billy Breckenridge gay?How does Adrian Toomes hide his earnings from the IRS?What is the state of affairs on Nootka Sound by the end of season 1?How did Tia Dalma acquire Captain Barbossa's body?How is one “Deemed Worthy”, to acquire the Greatsword “Dawn”?How did Karen acquire the handgun?

Личност Атрибути на личността | Литература и източници | НавигацияРаждането на личносттаредактиратередактирате

A sequel to Domino's tragic life Why Christmas is for Friends Cold comfort at Charles' padSad farewell for Lady JanePS Most watched News videos